09:49 / 27.10.2020
2 145

Ko‘mirni talon-toroj qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ko‘mirni talon-toroj qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Aholining kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji oshib, sovuq kunlarda chekka qishloqlarda ko‘mir mahsulotidan keng foydalaniladi. Ko‘mirni aholiga, ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berish, narxi oshib ketmasligini nazorat qilish bo‘yicha davlat organlari faoliyat olib bormoqda.

Biroq, ko‘mir yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan ayrim shaxslar o‘z manfaatini o‘ylaydi. DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda “O‘zbekko‘mir” AJ “Qashqadaryo ko‘mir yetkazuvchi” filialiga qarashli Shahrisabz ko‘mir omborida o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida, Shahrisabz ko‘mir ombori mudiri “T.H” budjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berilishi uchun Angren shahridan keltirilgan ko‘mir mahsulotini salkam 80 tonnasini hech qanday hujjatsiz Shahrisabz shahrida joylashgan “Land zaytun” xususiy korxonasi omborxonasiga yetkazib bergani aniqlandi. Shu yo‘l bilan 23 mln. so‘mdan oshiq ko‘mir mahsuloti talon-toroj qilingan.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida “O‘zko‘mir” AJ “Qashqadaryo ko‘mir yetkazuvchi” filialiga qarashli ko‘mir omboridan, ijtimoiy soha ob’ektlari uchun joriy yilning sentabr oyi mobaynida yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotlarining tarqatilishi va haqiqatda mavjudligi o‘rganilganda, Shahrisabz ko‘mir ombori mudiri “T.H”ning javobgarligida 1286,6 tonna ko‘mir qoldig‘i mavjud bo‘lib, ushbu hisobotdagi qoldiq bilan o‘lchovdagi qoldiq taqqoslanganda 24,1 tonna, jami 30 mln. 984 ming so‘mlik ko‘mir mahsuloti talon-toroj qilingani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan “T.H”ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ostonada qish eshik qoqmoqda. Shunday bir paytda ijtimoiy soha ob’ektlari uchun ajratilgan ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilish, ya’ni ko‘pchilikni issiqlik energiyasidan mahrum qilish insofdan emas. Qolaversa, bu qonunga zid hisoblanidi. Bunday xatti-harakatlar jazosiz qolmaydi albatta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘mirni talon-toroj qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi