10:30 / 28.10.2020
3 090

Bank kassalarining ish tartibi o‘zgartirildi

Bank kassalarining ish tartibi o‘zgartirildi
Markaziy bank boshqaruvi “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi.

"O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi hamda "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlariga muvofiq yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Norma'ning yozishicha, ikkita tushuncha kiritilmoqda:
  • bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar – minibank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;
  • inkassatsiya xizmati – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish xizmati.

Bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishini tartibga soluvchi soddalashtirilgan tartib-taomillar to‘ldirildi. Xususan, quyidagilar uchun asoslar shartlanmoqda:
- kassa ochilishi to‘g‘risidagi qaror;
- qimmatli qog‘ozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida, sug‘urta polislarining qabul qilib olinishi tartibi;
- shtatlar jadvali;
- mijozlar soni;
- xizmatlar turlari;
- xavfsizlikni ta’minlash va boshqalar.
Bank kassalari, ularning faoliyati ustidan masofadan turib kunlik nazorat o‘rnatilgan holda, istalgan hududda tashkil etilishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar binolarida bank (filial) bilan tuzilgan shartnomaga asosan kassalar tashkil qilinishi mumkin. Bank kassasi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari shartnomada kelishib olinadi.

Kassa kitoblari, kassa jurnallari, blanklar va varaqalarni rasmiylashtirish hamda tasdiqlash ishlari elektron shaklda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Buning uchun dasturiy mahsulotlar bilan ishlovchi moddiy javobgar shaxs biometrik tarzda identifikatsiya qilinishi kerak.

Shuningdek, boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham nazarda tutilgan.
Hujjat 22.10.2020 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank kassalarining ish tartibi o‘zgartirildi