
UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni olib ketayotgan avtovoz avariyaga uchradi. «Gazeta.uz»ning «O‘zavtosanoat» axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, hodisa 24 oktabr kuni Buxoro viloyatidagi A-380 trassasida, Gazli shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, UzAuto Motorsning Urganch shahridagi dilerlik markaziga 5 ta Cobalt va 3 ta Nexia olib ketayotgan vaqtida «KamAZ» yuk mashinasi uning tirkamasi avtovozga urilgan.

Foto: «Gazeta.uz»
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, «KamAZ» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va oqibatda avtomobillarga shikast yetgan.

Foto: «Gazeta.uz»
Endi YTH oqibatida jiddiy zarar yetgan UzAuto Motors avtomobillari zavodga utilizatsiya qilish uchun yuboriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar