09:47 / 29.10.2020
1 812

Dorixonalarda ustamalar 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilgani aniqlandi

Dorixonalarda ustamalar 20 foiz o‘rniga 93  foizgacha qo‘llanilgani aniqlandi
Kecha AOKA zalida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ishtirokida o‘tkakzilgan brifingda pandemiya davrida dori-darmon vositalari narxining oshishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Agentlik tomonidan respublikamizda viruslarga qarshi, immunitetni oshirish va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan dori vositalari narxining oshib ketishini oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholi talabi yuqori bo‘lgan 91 ta savdo nomidagi dori vositalarini dorixonalarda mavjudligi va ularning chakana narxlari yuzasidan kunlik monitoring amalga oshirilib kelmoqda. Joriy yil 23 iyuldan 9 oktabrgacha 3 mingta dorixonada monitoring kuzatuvlari o‘tkazildi.

Agentlik tomonidan 140 ta dorixonada tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan, 30 tasida belgilangan ustamalarni 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilgani, 17 ta holatda yaroqlilik muddati o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tmagan va kirim hujjati mavjud bo‘lmagan dori vositalarini realizatsiya qilish, 18 ta holatda litsenziyasiz faoliyat va boshqa kamchiliklar aniqlangan.

Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan jami 28 ta dorixonaga ish qo‘zg‘atilib, ortiqcha olingan 2 million 800 ming so‘m pul mablag‘i iste’molchilarga qaytarilgan. Hamda litsenziya shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi holati bo‘yicha hujjatlar mutasaddi tashkilotlarga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dorixonalarda ustamalar 20 foiz o‘rniga 93 foizgacha qo‘llanilgani aniqlandi