10:43 / 31.10.2020
2 213

Fuqaroga 60 mln. so‘m ma’naviy zararni MIB Chilonzorda undirib berdi

Fuqaroga 60 mln. so‘m ma’naviy zararni MIB Chilonzorda undirib berdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 03.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Toshkent shahar Moliya boshqarmasidan undiruvchi fuqaro N.Meliqulov foydasiga 60.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga Toshkent shaxar, Uchtepa tumanlararo sudidan 26.09.2020 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, pochta aloqa xizmati orqali qarzdorga yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor tashkilot tomonidan 21.10.2020 yilda 60.000.000 so‘m ma’naviy zarar puli Byuroning Chilonzor tumani depozit hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Undiruvchi fuqaro 05.10.2020 yil kuni o‘ziga tegishli hisob raqamini taqdim etganidan so‘ng ma’naviy zarar pul mablag‘lari undiruvchiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga 60 mln. so‘m ma’naviy zararni MIB Chilonzorda undirib berdi