14:47 / 31.10.2020
2 988

Nikoh uchun majburan o‘g‘irlangan 24 yoshli qiz IIBga murojaat qildi

Nikoh uchun majburan o‘g‘irlangan 24 yoshli qiz IIBga murojaat qildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020 yilning 13 oktabr kuni soat 20:00 da 30 yoshli D.Ye., tanishlari 29 yoshli R.J. va 30 yoshli P.B.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 24 yoshli G.S.(ayol)ni uning erkiga xilof ravishda o‘g‘irlashadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa Qonliko‘l tumani Madeniyat MFY Sari-oltin ko‘chasi chorrahasida G.S. (ayol) uyiga qaytayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Unga kuch ishlatib, D.Ye.ning nomida bo‘lgan P.B. boshqarib yurgan «Nexia-2» rusumli avtomashinasiga majburan mindirib, uni Qonliko‘l tumani Bo‘ston OFYda joylashgan uyiga olib borishadi va G.S.ni D.Ye. bilan nikohda bo‘lishga undashadi.

Holat yuzasidan G.S. tuman IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi xodimlari chiqib ko‘zdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazishgan. D.Ye.ning nomida bo‘lgan «Nexia-2» rusumli avtomashina daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda muhrlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qanliko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nikoh uchun majburan o‘g‘irlangan 24 yoshli qiz IIBga murojaat qildi