Foto: Depositphotos
1 noyabrdan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import dizel yoqilg‘isining narxi 6500 so‘mdan 6000 so‘mga arzonlashtiriladi.
“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, kompaniya neft mahsulotlarining narxini bosqichma-bosqich arzonlashtirmoqda. Jumladan, 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilg‘isining narxi 6000 so‘mdan sotila boshlaydi.
“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam o‘rganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.
Qayd etilishicha, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNGPetroBot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida «O‘zbekneftgaz» AJ uch oy ichida dizel yonilg‘isi narxi deyarli 2 ming so‘mga arzonlashganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi bahosini 14 aprel kunidan e’tiboran 5600 so‘m qilib belgilangandi.
3 aprelda O‘zbekistonda dizel yoqilg‘isi narxi 7300 dan 7000 so‘mga, 1 martda esa 7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlagan edi.
Prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan dizel yonilg‘isi birja savdolari orqali sotilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi