12:04 / 04.11.2020
2 719

Xorazmda mast haydovchilardan biri jazodan qochish uchun suvga tushib oldi, yana biri supa tagiga berkindi (video)

Xorazmda mast haydovchilardan biri jazodan qochish uchun suvga tushib oldi, yana biri supa tagiga berkindi (video)
Kadr: Telegram/YHXBB
Xorazm viloyatida spirtli ichimlik ichib avtomashina haydagani uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan haydovchi yana mast holatda mashina haydab qo‘lga tushdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyati YHXB inspektorlari tomonidan avtomashina boshqarib kelayotgan haydovchi mast ekanligi aniqlangan. Haydovchi javobgarlikdan qochish uchun suvga tushib olgan.

Haydovchi avval ham spirtli ichimlik ichib avtotransport haydagani sababli 2020 yil 20 avgust kuni haydovchilik huquqidan 2 yilga mahrum qilingani aniqlangan.

Javobgarlikdan qutulish uchun qilgan harakatlari ish bermagan haydovchi suvdan chiqqan va inspektorlarga o‘z shartlarini qo‘ygan. Bu ham naf bermagach, haydovchi o‘zini yana suvga tashlagan. Haydovchi ushlanib belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilgan va spirtli ichimlik ichgani aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomashina vaqtinchalik ushlab turish uchun jarima maydoniga yuborildi.

Kadr: Telegram/YHXBB
Viloyat YHXB tomonidan shunga o‘xshash yana bir holat aniqlangan. Qayd etilishicha, Lacetti avtomashinasi haydovchini chap tomonga burila olmay ariqqa tushib ketgan. Haydovchi mast holatda avtomobil boshqargani aniqlangan.

Yana bir holatda Damas haydovchisi YHX inspektori to‘xtatishiga qaramay boshqaruvni davom ettirgan. Haydovchi duch kelgan xonadon yaqiniga mashinani to‘xtatib o‘zi supaning tagiga yashiringan.

Kadr: Telegram/YHXBB
YHXB xodimlari haydovchi shaxsini aniqlash maqsadida tuman IIB idorasiga olib borgan. Haydovchi spirtli ichimlik ichganini tan olishdan qochib, o‘zini boshqa nom bilan tanishtirgan.

Ekspertiza natijasida haydovchi spirtli ichimlik ichganiga aniqlik kiritilgan. Haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda mast haydovchilardan biri jazodan qochish uchun suvga tushib oldi, yana biri supa tagiga berkindi (video)