Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilishida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bank tizimidagi mablag‘larni talon-toroj qilish, bank xizmatlarini ko‘rsatish, ayniqsa, kredit ajratishdagi suiiste’molchilik holatlarini qattiq tanqid ostiga oldi.
«Xabar.uz» nashrining xabar berishicha, o‘tgan ikki yil mobaynida banklarning 166 nafar mansabdor shaxslari korrupsiyaviy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Jumladan, «Xalq banki» va «Mikrokreditbank»da boshqaruv raisi lavozimlarida ishlab kelgan E. o‘z mansabidan foydalanib, qator korrupsiyaviy jinoyatlarga qo‘l urgan.
Xususan, muqaddam qator jinoyatlarni sodir etib, AQSHda yashirinib yurgan X. bilan til biriktirib, Sirdaryo viloyatida 4 ta soxta firma tashkil qilgan. Bu firmalarni amalda boshqarish uchun 18 nafar shaxslardan iborat uyushgan guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan.
Uyushgan guruh 2019 yil so‘nggi 9 oyida qariyb 732 mlrd. so‘mni qonunga xilof tarzda naqdlashtirib, 7 mlrd. so‘mga yaqin budjet mablag‘ini talon-toroj qilgan. 215 mlrd. so‘m turli plastik kartalarga moliyaviy yordam ko‘rinishida o‘tkazilib, 22,5 mln. dollar naqd pulga aylantirilib, xorijga olib chiqib ketilgan.
Uyushgan guruh rahnamolik qilgan firmalar 101 mlrd. so‘m soliq to‘lovlaridan ham bo‘yin tovlagan.
Bundan tashqari, E. «Xalq banki» boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangach, bank binosi qurilishini olib borayotgan pudratchilarni o‘ziga tanish pudratchilarga almashtirib, ob’ekt qurilishida 5,5 mlrd. so‘mlik bank mablag‘ini talon-toroj qilgan.
«Mikrokreditbank»ka rahbar etib tayinlanganda esa, o‘z rahnamoligidagi firmalar orqali birgina xizmat kabineti uchun 100 mln. so‘mlik mebel jihozlarini 273 mln. so‘mga, bankning Sirdaryo filiali uchun 700 mln. so‘mlik binoni 4 mlrd. 700 mln. so‘mga sotib olib, mablag‘larni o‘margan.
Hozirda E. va uning jinoiy sheriklari qamoqqa olinib, sud oldida javob bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qurilishga ajratilgan 75 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan – Bosh prokuror

Bosh prokuratura jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar bo‘yicha statistikani ochiqladi

58 nafar oliy ta’lim xodimi abituriyentlarni o‘qishga kiritaman deb qo‘lga tushgan

Akusherlik va ginekologiya markazidagi uyushgan jinoyatchilik fosh etildi

«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Xalq banki” filiali mansabdor shaxslari juda koʻp miqdordagi pulni talon-tаroj qilib yubordi