15:00 / 09.11.2020
2 069

Sug‘urta tashkilotidan tadbirkor foydasiga 3,1 mlrd. so‘m undirib berildi

Sug‘urta tashkilotidan tadbirkor foydasiga 3,1 mlrd. so‘m undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 06.10.2020 yildagi ijro varaqasiga binoan, qarzdor "ALSKOM" sug‘urta kompaniyasi hisobidan undiruvchi "Qurilish ashyo sifat servis" jamiyati foydasiga jami 3.164.676 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochisi Sh.Maqsudovning mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdorga ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarishlik uchun 5 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan. Ijro harakatlari davomida qarzdordan undiruvchi foydasiga 2.751.818 ming sum undirilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari qolgan qarzdorlik qarzdor tomonidan bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib qarzdorning bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi yuborilgan, natijada jami 3.164.676 ming sum qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga muvofiq, ijro ishi yurituvi yakunlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sug‘urta tashkilotidan tadbirkor foydasiga 3,1 mlrd. so‘m undirib berildi