18:55 / 14.11.2020
3 123

Nurmat Otabekov: «Vaziyat yana murakkablashishi ehtimoli yo‘q emas»

Nurmat Otabekov: «Vaziyat yana murakkablashishi ehtimoli yo‘q emas»
Bugun AOKA press-xolida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda respublikamizda koronavirus bo‘yicha vaziyatning yana murakkablashish ehtimoli haqida so‘raldi.

Albatta bu ehtimol yo‘q emas. Men mutaxassis sifatida hozirgi holatni «Aldamchi barqarorlik, aldamchi osoyishtalik» deb baholagan bo‘lardim. Demak, biz hushyor bo‘lishimiz kerak. Agar salomatligimizga befarq bo‘lmasak, kasallikning biron-bir klinik belgilarini sezgan zahoti tibbiyot xodimlariga murojaat qilsak, o‘zboshimcha davolanishga urinmasak, uy sharoitida davolanish va karantinda bo‘lish qoidalariga rioya qilsak, u holda vaziyatni barqaror ushlab turishimiz mumkin.

Aks holda epidemik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Kuz-qish payti virusli, respirator kasalliklarning mavsumiy ko‘tarilish davri hisoblanadi. Bu esa zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirish kerak deb o‘ylayman
, – dedi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: «Vaziyat yana murakkablashishi ehtimoli yo‘q emas»