23:26 / 16.11.2020
2 319

Sifati kafolatlanmagan biofaol ko‘shimchalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Sifati kafolatlanmagan biofaol ko‘shimchalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovarlarning noqonuniy harakatini aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro K.O. shartli xaridorga hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, chet davlatda ishlab chiqarilgan 918 qutida “Samyun Wan” nomli bioaktiv qo‘shimchalarni 8 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan biofaol ko‘shimchalarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi