
Foto: Kapitan Karimov.
So‘nggi haftada O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi va gaz ta’minotida jiddiy uzilishlar bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat va videolarga ko‘ra, hududlarda ba’zi tadbirkorlar bu holatdan jiddiy zarar ko‘rishgan.
Ayniqsa, 5200 ta tovug‘i nobud bo‘lgan yakkabog‘lik ishbilarmon haqidagi video kanallarda ko‘p «aylanmoqda». Izohda yozilishicha, uch kun chiroq bo‘lmaganiga shu hodisa yuz bergan.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘onda issiqxonada ham sabzavotlarga elektr yo‘qligi sabab jiddiy talofot yetgan. Tadbirkorning ko‘rgan zarari 35 ming dollar atrofida baholanmoqda.

Foto: Troll.uz
Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi To‘raqo‘rg‘on IESida ro‘y bergan avariya tufayli ko‘pchilik viloyatlarda ta’minot uzilib qolgani haqida bayonot bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar