Rossiyalik onkolog-jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Myasnyankin bergan intervyusida saraton kasalligini keltirib chiqaradigan oziq-ovqat mahsulotlarini nomlarini aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, mineral o‘g‘itlar yoki kanserogen moddalar bilan ifloslangan mahsulotlar kasallik rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, shifokor spirtli ichimliklarni ovqatlanish ratsionidan butunlay chiqarib tashlashni maslahat berdi, chunki spirtli ichimliklarni ichish saratonning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, kungaboqar yog‘ida go‘sht yoki sabzavotlarni qovurayotganda moy bir necha marta ishlatilsa, unda barcha kanserogen moddalar to‘plana boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida, saraton xavfini ko‘paytirib boradi.
Avvalroq Myasnyankin miya saratonining dastlabki belgilarini aniqlagan edi. Unga ko‘ra bosh og‘rig‘i bu saraton turining eng keng tarqalgan alomatidir. Shu bilan birga, mutaxassis dastlabki bosqichlarda kasallik asemptomatik rivojlanayotganini va uni tanib olish juda qiyinligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi