15:23 / 23.11.2020
3 718

Saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomi oshkor qilindi

Saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomi oshkor qilindi
Rossiyalik onkolog-jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Myasnyankin bergan intervyusida saraton kasalligini keltirib chiqaradigan oziq-ovqat mahsulotlarini nomlarini aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, mineral o‘g‘itlar yoki kanserogen moddalar bilan ifloslangan mahsulotlar kasallik rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, shifokor spirtli ichimliklarni ovqatlanish ratsionidan butunlay chiqarib tashlashni maslahat berdi, chunki spirtli ichimliklarni ichish saratonning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Bundan tashqari, kungaboqar yog‘ida go‘sht yoki sabzavotlarni qovurayotganda moy bir necha marta ishlatilsa, unda barcha kanserogen moddalar to‘plana boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida, saraton xavfini ko‘paytirib boradi.

Avvalroq Myasnyankin miya saratonining dastlabki belgilarini aniqlagan edi. Unga ko‘ra bosh og‘rig‘i bu saraton turining eng keng tarqalgan alomatidir. Shu bilan birga, mutaxassis dastlabki bosqichlarda kasallik asemptomatik rivojlanayotganini va uni tanib olish juda qiyinligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomi oshkor qilindi