2020 yil 19 noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu vaksina klinik tadqiqotlarining birinchi va ikkinchi bosqichlar hujjatlari ekspertizasi, shuningdek, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi hamda Farmako-toksikologik laboratoriyada vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Barcha amalga oshirilayotgan ishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida, deyiladi xabarda.
Tekshiruvlar ijobiy yakunlanganidan so‘ng, Davlat markazi va Etika qo‘mitasining ijobiy xulosasiga muvofiq, vaksinaning uchinchi bosqich klinik tadqiqotlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi hal etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari