08:00 / 25.11.2020
2 401

O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalaridan tushgan 1 trln so‘m oilaviy tadbirkorlik uchun kredit sifatida beriladi

O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalaridan tushgan 1 trln so‘m oilaviy tadbirkorlik uchun kredit sifatida beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir kelgusi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda, avvalo, hokimlar va sektor rahbarlarining asosiy vazifasi va zimmasiga olgan majburiyati — yangi ish o‘rinlari yaratib, ehtiyojmand oilalarni «temir daftar»dan chiqarish borasidagi ishlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

«Masalan, Sirdaryo viloyatida 10 oyda 12 mingta doimiy ish o‘rni tashkil etilgan. Natijada ‘temir daftar’ga kiritilgan ishsiz fuqarolarning qariyb 90 foizi bandligi ta’minlangan.

Xuddi shunday, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Kitob tumani, Navoiy viloyatining Qiziltepa, Uchquduq, Navbahor tumanlari va Zarafshon shahrida ko‘p ish o‘rni yaratilgani qayd etildi. Shu bilan birga, bu borada ahvol qoniqarsiz bo‘lgan tumanlardagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi
», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Qayd etilishicha, 2020 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida jami 4 trillion so‘m ajratish belgilangan edi. Lekin yil davomida qo‘shimcha mablag‘lar ham yo‘naltirildi, aholi va tadbirkorlarga jami 5,2 trillion so‘m imtiyozli kreditlar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda ushbu mablag‘larning samaradorligi tahlil qilindi. «Misol uchun, Shovot tumanida 26 milliard so‘m oilaviy kredit ajratilib, bir yarim mingta ish joyi yaratilgan. Ya’ni, 1 milliard so‘m kreditga 56 ta yangi ish o‘rni to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich Qo‘shrabotda 57 ta, Muzrabotda 49 tani tashkil etgan», — deyiladi xabarda.

Bugungi kunda tadbirkorlarning qariyb 1 trillion so‘mlik yangi loyihalari uchun kreditlarga talabi borligi qayd etildi. Moliya vazirligiga yangi jalb etilgan yevroobligatsiya mablag‘laridan 1 trillion so‘mni Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankka oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun resurs sifatida joylashtirish vazifasi qo‘yildi.

Xalq bankiga xotin-qizlar tadbirkorligi uchun loyihalar tayyorlab, ularni o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni o‘rgatish topshirig‘i berildi. Bunda bank xodimlari ayollar bilan mijozbay, mahallabay, tumanbay bevosita ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston umumiy qiymati 750 million dollar bo‘lgan dollar va o‘zbek so‘mida denominatsiya qilingan xalqaro obligatsiyalarning ikkita transhini London fond birjasida joylashtirishdi. Birinchi marta muomalaga chiqarilgan o‘zbek so‘midagi obligatsiyalarning qiymati 2 trillion so‘mni, dollardagi obligatsiyalar qiymati esa 555 million dollarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalaridan tushgan 1 trln so‘m oilaviy tadbirkorlik uchun kredit sifatida beriladi