14:33 / 26.11.2020
2 881

Jizzaxda chuqurligi 19 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan 69 yoshli ayol qutqarib olindi

Jizzaxda chuqurligi 19 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan 69 yoshli ayol qutqarib olindi
Jizzax viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ehtiyotsizlik tufayli quduqqa tushib ketgan keksa ayolni qutqarib qoldi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 24 noyabr kuni ertalab soat 07:30 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani «Lalmikor» MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug‘idan suv olib chiqmoqchi bo‘lib, ehtiyotsizlik oqibatida quduq ichiga tushib ketgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan katta leytenant Bahodir Norboboyev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi qutqaruv guruhi yetib borgan.

Quduqning chuqurligi 19 metrni tashkil etadi. Qutqaruvchi Shodiyor Haydarov maxsus arqon yordamida quduqqa tushib, keksa ayolni xavfsiz olib chiqqan. U darhol kasalxonaga yuborilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi jiddiy jarohatlar olmagan. Shifokorlar uning holatini ijobiy deb baholamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda chuqurligi 19 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan 69 yoshli ayol qutqarib olindi