08:31 / 28.11.2020
2 760

2 qavatdan yuqori shaxsiy uylar qurilishida qurilish inspeksiyasi nazorati o‘rnatiladi

2 qavatdan yuqori shaxsiy uylar qurilishida qurilish inspeksiyasi nazorati o‘rnatiladi
O‘zbekistonda 2021 yil 1 martdan boshlab, 2 qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar, xususan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi hududiy qurilish inspeksiyalari nazoratiga olinadi. Bunday ob’ektlarning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi talab etiladi.

Bu – qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan. Strategiya 27 noyabr kuni prezident farmoni bilan tasdiqlandi.

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi sohasini tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Hujjatda seysmik va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Quyidagilar taqiqlanadi:
  • Qurilish-montaj ishlari asosiy faoliyat turi bo‘lgan tashkilotlardan tashqari, boshqa uy quruvchilarning jismoniy va yuridik shaxslarga mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurishi hamda rekonstruksiya qilishi;
  • aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida ko‘p qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurish;
  • loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko‘paytirish (ustki qavat qurish);
  • o‘zgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) ko‘paytirish.

Loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reyestri»ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi. Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 qavatdan yuqori shaxsiy uylar qurilishida qurilish inspeksiyasi nazorati o‘rnatiladi