17:00 / 28.11.2020
2 461

Fuqarolardan yarim mlrd. so‘mlik qarzni tezkorlik bilan undirgan MIB xodimasiga minnatdorchilik bildirildi

Fuqarolardan yarim mlrd. so‘mlik qarzni tezkorlik bilan undirgan MIB xodimasiga minnatdorchilik bildirildi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining bir nechta ijro varaqalariga asosan, 14 nafar qarzdor fuqarolar D.Sohobiddinova, U.Jabbarova, B.Xusanbayev, A.Xusanbayeva, D.Xusanbayeva, A.Abramyan, P.Amankulova, O.Djalilova A.Karimov, I.Uskanov, S.Xakimov, I.Xasanov, Z.Ernazarov hamda X.Mirzayevlardan TIF “Milliy Banki” Olmazor filiali foydasiga jami 552.518 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘lim davlat ijrochisi Z.Inoyatova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan, ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Bundan tashqari, qarzdorlarga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq, so‘rovnomalar yuborilgan hamda olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorlarning nomida jami 14 dona avtotransport vositalari mavjudligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida ushbu avtotransport vositalari davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlikni qoplash maqsadida, xatlangan hamda onlayn auksion orqali sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari undiruvchi TIF “Milliy Banki” Olmazor filiali foydasiga jami 552.518 ming so‘m kredit qarzdorligi to‘liq undirilib berilgan.

Mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan, ijro xujjati tamomlangan. O‘zbekiston Respublikasi TIF “Milliy banki” bosh boshqarmasi tomonidan bo‘lim davlat ijrochisi Zilola Inoyatovaning ijro hujjatini ijrosini tezkorlik bilan ta’minlaganligi sababli tashakkurnoma bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolardan yarim mlrd. so‘mlik qarzni tezkorlik bilan undirgan MIB xodimasiga minnatdorchilik bildirildi