Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish holati uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirish taklifi ilgari surildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev xabar berdi.
Qo‘mita taklifiga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlik uchun jarimani BHMning bir baravari (223 ming so‘m) miqdorida belgilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oshishi ham bekor kilinishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda qo‘mita a’zosi, deputat Farhod Ashmatov tomonidan O‘zbekiston MJtKning 128-6-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) uch baravari ya’ni 668 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ayni huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish haydovchiga BHMning besh baravari (1 mln 113 ming so‘m) miqdorida, uchinchi marta sodir etilishi esa BHMning o‘n baravari (2 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film