4 830
Haydovchilik guvohnomasi va texpasportni olib yurmaganlik uchun jarimani bekor qilish vaqti kelgan — deputat
Qozog‘istonda haydovchilarga yonida haydovchilik guvohnomasi va texpasportini olib yurmaganlik uchun jarima bekor qilinmoqda ekan.
Deputat R.Kusherbayev bu haqida shunday deb yozadi:
"Bu haqdagi qonun loyihasini Parlament ma’qullabdi. Ushbu qonun kuchga kirgandan keyin haydovchilar shunchaki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan yursa kifoya, uning haydovchilik guvohnomasi bor yoki yo‘qligi, mashinaning texnik ko‘rikdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi yo‘l patrul inspektori tomonidan onlayn tekshiriladi. Natijada ba’zi sabablarga ko‘ra guvohnomasini uyda unutib qoldirgan haydovchilar yo‘q joydan jarima to‘lashdan qutiladi.
Ushbu qonun loyihasi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev tashabbusi asosida ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda ham shunday tartibni joriy etish vaqti kelgan va bunga to‘la imkoniyatlarimiz yetadi. Bu tartibga o‘tishni tez kunlarda amalga oshirishga kirishamiz. Ishqilib har xil bahonalar bilan qarshiliklar bo‘lmasin-da". “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi