3 502
Haydovchilik guvohnomasi va texpasportni olib yurmaganlik uchun jarimani bekor qilish vaqti kelgan — deputat

Qozog‘istonda haydovchilarga yonida haydovchilik guvohnomasi va texpasportini olib yurmaganlik uchun jarima bekor qilinmoqda ekan.
Deputat R.Kusherbayev bu haqida shunday deb yozadi:
"Bu haqdagi qonun loyihasini Parlament ma’qullabdi. Ushbu qonun kuchga kirgandan keyin haydovchilar shunchaki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan yursa kifoya, uning haydovchilik guvohnomasi bor yoki yo‘qligi, mashinaning texnik ko‘rikdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi yo‘l patrul inspektori tomonidan onlayn tekshiriladi. Natijada ba’zi sabablarga ko‘ra guvohnomasini uyda unutib qoldirgan haydovchilar yo‘q joydan jarima to‘lashdan qutiladi.
Ushbu qonun loyihasi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev tashabbusi asosida ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda ham shunday tartibni joriy etish vaqti kelgan va bunga to‘la imkoniyatlarimiz yetadi. Bu tartibga o‘tishni tez kunlarda amalga oshirishga kirishamiz. Ishqilib har xil bahonalar bilan qarshiliklar bo‘lmasin-da". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mashinada baland ovozda musiqa tinglaganlik uchun jarima joriy etilishi mumkin

Turoperatorlar va turagentlar O‘zbekistonga olib kelingan har bir turist uchun 15 dollar oladi

Sovuq qurol olib yurganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda

Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi feyk xabardan keyin Qoraqalpog‘istondagi saytlar xodimlari prokuraturaga olib ketildi

Qoidani buzgan haydovchilarga nisbatan qanday choralar koʻriladi? (video)

Fikrga nisbatan fikr bildirishdagi adl