21:57 / 06.12.2020
2 932

Toshkent shahrida yana bir xizmat ko‘rsatish eksperiment tariqasida joriy qilinadi

Toshkent shahrida yana bir xizmat ko‘rsatish eksperiment tariqasida joriy qilinadi
Foto: «Mos.ru»
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Toshkent shahrida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va taqsimlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasi bilan Toshkent shahrida ijtimoiy uy-joylarga murojaat qilish davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy qilish belgilanmoqda.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida ekcperiment tariqasida tadbiq etilayotgan ijtimoiy uy-joylarga murojaat qilish Davlat xizmatlari joriy etilishi tizimi o‘z samaradorligini ko‘rsatgan taqdirda, mamlakat bo‘ylab mazkur tizim 2021 yil 1 iyuldan boshlab tadbiq etiladi.

Qayd etilishicha, quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin:
— turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar)da yashovchi fuqarolar;
— har bir oila a’zosi o‘n olti kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun — yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan ta’minlanganlar;
— yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar shuningdek, o‘qishlari sababli yotoqxonalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;
— qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;
— uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida yana bir xizmat ko‘rsatish eksperiment tariqasida joriy qilinadi