15:32 / 09.12.2020
2 579

Adliya vazirligida oila institutini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Adliya vazirligida oila institutini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 9 dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilot vakillari hamda boshqa soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida oilaviy ajrimlarni oldini olish, farzandlarning ta’lim-tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, aliment tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Xususan, yoshlarning mustaqil hayotga moddiy va ruhiy tomondan tayyor bo‘lmasdan oila qurishi, bepushtlik, yoshlarning reproduktiv salomatligidagi muammolar, er-xotinning oilaviy masalalarda o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini turli shaxslar tomonidan cheklash kabilar oilaviy ajrimlarning asosiy sabablari sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, aliment tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirish haqida ham fikr almashinilib, aliment undirishdan asosiy maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ajralishning salbiy oqibatlarini kamaytirish ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida adliya vaziri R. Davletov aliment to‘lash amaliyoti bo‘yicha joriy holat hamda ushbu masala bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi tahliliy qiyoslab, sohani takomillashtirish bo‘yicha bir qancha takliflarni ilgari surdi.

Shu bilan birga, soha mutahassislari tomonidan oilaga tayyorlov kurslarini bepul asosda joriy etish, nikohlanuvchi shaxslarni bepul asosda reproduktiv salomatligi yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, aliment tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq masalalarni taraflar ajrashish haqida sudga murojaat qilgan paytda hal qilish, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan yangi samarali ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligida oila institutini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi