Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
2020 yilning 29 noyabr kuni tungi soat 01-00larda Guliston shahar IIO FMB 3-son IIB navbatchilik qismiga Guliston shahar, Bahor mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan «Safina» nomli kafeda janjal bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Unga asosan, voqea joyiga yetib borgan ushbu mahalla profilaktika inspektori Guliston shahar IIO FMBda, ma’muriy nazoratda turuvchi, «Safina» kafesini ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi fuqaro D.S hamda uch nafar notanish shaxslar birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligini ko‘rgan. D.S ning ma’muriy nazorat qoidalarini buzib, spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligi sababli ular o‘tirgan joyni o‘zining telefon apparatida fotosuratga olib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun ularni 3-sonli IIBga borishni taklif qilgan.
Shu vaqtda, uning oldiga mast holatda bo‘lgan fuqaro K.L hamda ma’muriy nazorat ostida bo‘lgan D.S kelib, birgalikda xodimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘ladi va ikkalasi birga profilaktika inspektorining bosh, yuz qismi va badanining turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazishadi hamda inspektorning telefon apparatini olib, yerga urib sindirib yaroqsiz holatga keltirishadi.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar K.L va D.S larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi