23:52 / 14.12.2020
4 521

IIB xodimini kafeda kaltaklagan ikki shaxs qamoqqa olindi

IIB xodimini kafeda kaltaklagan ikki shaxs qamoqqa olindi
Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
2020 yilning 29 noyabr kuni tungi soat 01-00larda Guliston shahar IIO FMB 3-son IIB navbatchilik qismiga Guliston shahar, Bahor mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan «Safina» nomli kafeda janjal bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Unga asosan, voqea joyiga yetib borgan ushbu mahalla profilaktika inspektori Guliston shahar IIO FMBda, ma’muriy nazoratda turuvchi, «Safina» kafesini ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi fuqaro D.S hamda uch nafar notanish shaxslar birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligini ko‘rgan. D.S ning ma’muriy nazorat qoidalarini buzib, spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligi sababli ular o‘tirgan joyni o‘zining telefon apparatida fotosuratga olib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun ularni 3-sonli IIBga borishni taklif qilgan.

Shu vaqtda, uning oldiga mast holatda bo‘lgan fuqaro K.L hamda ma’muriy nazorat ostida bo‘lgan D.S kelib, birgalikda xodimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘ladi va ikkalasi birga profilaktika inspektorining bosh, yuz qismi va badanining turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazishadi hamda inspektorning telefon apparatini olib, yerga urib sindirib yaroqsiz holatga keltirishadi.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar K.L va D.S larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIB xodimini kafeda kaltaklagan ikki shaxs qamoqqa olindi