AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov korrupsiyaga qarshi kurashishda beshta vakolatli idora borligini, ularning biri — IIV ekanini qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, IIV tizimidagi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsiya bilan bog‘liq 673 ta jinoyat ishlari aniqlangan.
Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi ushbu jinoyatlarga aloqador 126 ta guruhni qo‘lga olib, 84 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlagan.
Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning asosiy qismini poraxo‘rlik (85 tasi), tovlamachilik (51 tasi) va firibgarlik (311 tasi) jinoyati tashkil etadi. Korrupsion jinoyatlar asosan ijtimoiy sohada, hokimiyat idoralarida, o‘rta va kichik biznesda hamda agrosanoat kompleksida sodir etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"