2 991
Akmal Saidov: «Quronboyev Rossiyadagi o‘zbek yoshlarini ko‘rib kelgandi, natija nima bo‘ldi?»
Foto: Toshkent yoshlar forumi
19 dekabr kuni Tashkent City anjumanlar zalida «Toshkent yoshlar forumi – 2020» doirasida yoshlar migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Akmal Saidov ham chiqish qildi. U o‘z chiqishida pandemiya immigratsiya borasida butun dunyoda yirik muammolarni paydo qilgani hamda bu jarayonda kuchsiz qatlam – muhojirlar eng ko‘p aziyat chekayotgani haqida gapirdi.
«Bu muammolarni hech bir davlat mustaqil hal qilolmaydi. Buni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ko‘p bor ta’kidladi. Hozir chet elga ketayotganlarning aksarini yoshlar tashkil etadi. Xo‘sh, xorijdagi yoshlarimizning bu muammolarni hal qilish borasidagi fikri qanday? Ularni hozir nimalar qiynayapti? Migrant yoshlarimiz migratsiya muammolarini yechish uchun nimalarni taklif qiladi? Buni yoshlar ittifoqi o‘rganishi kerakmi yo‘qmi? Mana shunday muammolar bo‘lganda xorijdagi yoshlarimizga qanday yordam ko‘rsatishimiz kerak? Bu borada xalqaro talablar qanday? Buni ham tashkilot o‘rganishi kerak-ku.
Ikki yil avval Qahramon Quronboyev Rossiyaga borib, o‘zbekistonlik migrant yoshlarni ko‘rib kelgandi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? Shu bilan jim bo‘lib ketishdi. Bu kabi masalalar to‘xtab qolmasligi, tizimli ishlashi kerak», dedi Akmal Saidov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi