19:25 / 27.12.2020
2 901

Bozorlarda kilosi 40 — 45 ming so‘mdan sotilayotgan go‘shtning sifati qanday?

Bozorlarda kilosi 40 — 45 ming so‘mdan sotilayotgan go‘shtning sifati qanday?
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytda bozorlarimizda 1 kilosi 40-45 ming so‘mdan sotilayotgan (xorijdan import qilingan muzlatilgan) go‘shtning sifati va qaysi hayvonga mansubligi, iste’molga shubhali ekanligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bu borada quyidagilarni ma’lum qildi:
Joriy yilning shu paytiga qadar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston respublikasining import bo‘yicha veterinariya talablari asosida tadbirkorlar tomonidan chetdan jami 30082,4 tonna go‘sht import qilingan.

Shundan, Qozog‘iston davlatidan muzlatilmagan 287,4 tonna mayda mol va 5712 tonna qoramol hamda 46,4 tonna muzlatilgan yirik shoxli mol go‘shti, Ukraina davlatidan 2251,6 tonna muzlatilgan yirik shoxli mol go‘shti, Belorus davlatidan muzlatilmagan 7124 tonna va muzlatilgan 14661,4 tonna qoramol go‘shti olib kelingan.

Ta’kidlab o‘tamiz, yurtimizga import qilingan va qilinayotgan go‘sht mahsulotlari kelib chiqishi to‘g‘risidagi xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlar va veterinariya sertifikatlariga ko‘ra, veterinariya nazorati ostida kiritilgan va kiritib kelinmoqda.

Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ham chegara nazorat veterinariya punktlari orqali olib o‘tilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari veterinariya-sanitariya norma va talablariga muvofiq olib kirilishi qat’iy nazoratda olingan.

Eslatib o‘tamiz, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi import qilingan yoki o‘zimizda yetishtirilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarining oldi-sotdisida narxni belgilash vakolatiga ega emas!

Savdo rastalariga import qilingan go‘shtning 1 kilosi 40-45 ming so‘m qilib belgilanishi talab va taklifga ko‘ra, bozor munosabatlari doirasida shakllantirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlarda kilosi 40 — 45 ming so‘mdan sotilayotgan go‘shtning sifati qanday?