
O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatni har tomonlama isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan vazifalar xususida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
- O‘zbekiston Prezidentining bugungi Murojaatnomasi - bu dasturilamal hujjat, 2021 yilga mo‘ljallangan rivojlanish dasturidir. Yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi esa kelajak haqidagi g‘amxo‘rlikdir. Davlat rahbari so‘zlarida yoshlar kelajak egalari ekani haqidagi fikr asosiy g‘oya sifatida yangradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqlari dasturiy mohiyati, tanqidiy munosabati va muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan algoritmi bilan ajralib turadi. Davlat rahbari energiyasi kishini ilhomlantiradi, kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston rahbari kuch-qudrati va vatanparvarligi bilan o‘z xalqini yangi marralar sari chorlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar