DXX markaziy apparatida Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, tinchlikni ta’minlash va barqarorlikni mustahkamlash borasida ko‘rsatgan jasorat va fidoiyligi uchun davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan bir guruh xodimlarga ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Xizmat Raisi general-leytenant A.Azizov II-darajali «Shon-sharaf», «Mardlik» ordenlarini, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallarini o‘z egalariga topshirdi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, yakunlanayotgan yil xalqimiz uchun sinovli keldi. Undan mardonovor o‘tishda respublikamiz aholisi matonat hamda bardoshini namoyon etdi. Bunda o‘z jonini xatarga qo‘yib bo‘lsa-da insonlar salomatligi va hayotini saqlab qolish uchun fidoiylik ko‘rsatgan shifokorlarga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, «COVID-19» pandemiyasi davrida yuksak jasorat ko‘rsatgan DXX tibbiy tuzilmalari xodimlari ham taqdirlandi. Ularga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni hamda «Sog‘lom turmush» medali topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ko‘ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi o‘tkazildi

"Jasorat-mangu, inson qadri-aziz!"

Prezident 4 nafar poyabzal ta’mirlovchini «Jasorat» medali bilan mukofotladi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi

Xorijlik ishbilarmonlar, davlat va jamoat arboblariga Oʻzbekiston davlat mukofotlari topshirildi

Matbuotga O‘zbekistonning yangi Bosh prokurori Otabek Murodov haqida nimalar ma’lum?