
Foto: Samarqand viloyati IIB
Jomboy tumanida 6 yanvar kuni tong soat taxminan 8:00 atrofida «UAZ-452» («Buxanka») furgoni yonib ketdi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, M-39 yo‘lining Jomboy tumani hududidan o‘tgan 1074-kilometrida harakatlanib ketayotgan «UAZ»ning motor qismida elektr simlaridagi qisqa tutashuv oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
«Yong‘in FVB hamda YHXB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q», — deyiladi IIB axborotida.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Foto: Samarqand viloyati IIB

Foto: Samarqand viloyati IIB “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar