Yakkabog‘ tumani "Chaydari" mahallasida yashovchi fuqaro S.J oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘ining uyidan ketishga majbur bo‘lgan. Biroq voyaga yetmagan bir nafar farzandini olib ketolmagach, sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 3 yoshli Akobirjonni onasiga olib berish belgilangan. Ushbu ijro varaqa Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida kelib tushgan va shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda «ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolalarni onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor farzandini onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 4 yanvar kuni davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida Akobirjon onasi S.J tarbiyasiga olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi