23:10 / 09.01.2021
1 681

O‘zbekistonda startaplar bo‘yicha qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda startaplar bo‘yicha qonun qabul qilinadi
AOKA huzurida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani hamda startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishi haqida ma’lum qilindi.

«Innovatsiya sohasini rivojlantirish uchun oldimizda turgan asosiy masala — huquqiy bazani mustahkamlash, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish. Shu bois biz ‘Innovatsion faoliyat to‘g‘risida’gi qonunni ishlab chiqib, qabul qilinishiga erishdik.

Bugungi kunda yoshlarimizning ko‘pchiligi startaplarga qiziqadi, biroq startaplar bo‘yicha huquqiy baza mavjud emas. Shu bois 2021 yilgi maqsadlarimizdan biri — startaplar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, oxiriga yetkazamiz».

Shuningdek, vazir 2021 yilda hududlarda innovatsion infrastrukturalarni ishga tushirilishini ta’kidlab o‘tdi. Xususan, har bir universiteti qoshida Yoshlar texnoparki yaratiladi. Toshkent texnika universitetida ilmiy innovatsion yangi markaz ishga tushiriladi.

«Bu talabalar shaharchasidagi OTMlarga xizmat qiladigan ilmdan keyingi bosqichni o‘zini qo‘liga olib, yoshlarni o‘qitib, ularga moliyaviy yordamlar berib, yangi startap biznes loyihalarini amalga oshirishga sharoit yaratadi
», – deydi Ibrohim Abdurahmonov.

Bundan tashqari, vazir tomonidan Andijonda yangi lug‘atshunoslik markazi va viloyatda innovatsiyalarni ko‘rgazmasini o‘tkazadigan dala poligoni yoki tajriba uchastkasi qurilishi ta’kidlab o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda startaplar bo‘yicha qonun qabul qilinadi