Illustrativ foto
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, budjet puli eng ko‘p talon-toroj qilingan vazirliklar ro‘yxati taqdim qilingandi.
Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida esa jami 175,3 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Surxondaryo (16,5 mlrd.so‘m), Farg‘ona (14,4 mlrd.so‘m), Toshkent (13,2 mlrd.so‘m), Jizzax (13 mlrd.so‘m), Samarqand (13 mlrd.so‘m), Sirdaryo (12,9 mlrd.so‘m), Namangan (12 mlrd.so‘m), Xorazm (6 mlrd.so‘m), Buxoro (3,6 mlrd.so‘m), Navoiy (2,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
2020 yilda budjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd.so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o‘tgan yil (2019 yilda – 7,2 mlrd.so‘m)ga nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.
Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanilgan.
Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 239,5 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bir kunda 3,4 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

Tibbiyot xodimlariga 9 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagani aniqlandi

Qurilishga ajratilgan 75 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan – Bosh prokuror

MIB Qarshida 1 kunda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirdi

Alisher Usmonov Rossiyaning eng boylari ro‘yxatining qaysi pog‘onasida?