15:35 / 15.01.2021
1 704

Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi va turli nayranglarni qo‘llagan holda yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining yirik miqdordagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Gap shundaki, Niderlandiyadan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro D.N. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi bojxona xodimlari e’tiborini tortdi. Mazkur pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, jo‘natmada “ABD-BUTINACA” nomli, 498,82 gramm sintetik turdagi giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mazkur pochta jo‘natmasiga buyurtma bergan va unga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.N mazkur pochta jo‘natmasini qabul qilib olish uchun kelgan paytda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. Fuqaro D.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.N mazkur giyohvandlik vositasini internet do‘koni orqali buyurtma berganligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa fuqaro D.N. va boshqalarning jinoiy qilmishlari fosh etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar yirik miqdordagi sintetik giyohvandlik vositasining kontrabandasiga chek qo‘yishdi