2021 yil oktabr oyida quvvati 100 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati mas’ul xodimi Obidjon Dilmurodov ma’lum qildi.
2020 yilda xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida 6 ta yangi elektr stansiyasi qurilishi boshlangan. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar, umumiy quvvati esa 2 ming 700 megavattni tashkil etadi.
2021 yilda mamlakatimizda 1 ming 387 megavattlik quvvatga ega 9 ta yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Jumladan, joriy yilning oktabr va noyabr oylarida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 megavatt bo‘lgan 4 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi.
Shuningdek, joriy yilning oktabr oyida har birining quvvati 100 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bular Samarqand viloyatida Fransiyaning «Total Eren» kompaniyasi, Navoiy viloyatida Birlashgan arab amirliklarining «Masdar» kompaniyalari o‘z loyihalarini amalga oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin