
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtiriladi. Bu haqda 2021 yil uchun davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Loyihaga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqiladi.
Shuningdek:
- - aniq indikatorlarni o‘zida aks etiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari belgilash va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
- - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- - korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi («komplayens-nazorat») huquqiy asoslarini yaratish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning vositalarini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar