11:30 / 19.01.2021
1 751

Parkentda o‘tkazilgan seminarda 2021 yil soliq siyosatida bo‘ladigan o‘zgarishlar muhokama qilindi

Parkentda o‘tkazilgan seminarda 2021 yil soliq siyosatida bo‘ladigan o‘zgarishlar muhokama qilindi
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi ma’sullari tomonidan Parkent tumanida seminar-trening tashkil etildi.

Davlat solik organlari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari eshtirok etgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrda qabul qilingan “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat buyudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-sonli Qonuni muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonunida qayd etilgan 2021 yilda soliq solish sohasidagi asosiy o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, ushbu o‘zgarishlarni amaldagi soliqqa oid qonun hujjatlari bilan uyg‘unlashtirish va uni soliq to‘lovchilar hamda keng jamoatchilikka yetkazish kerakligini ta’kidladilar.

Aytish kerakki, Qonunda Soliq kodeksi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash maqsadida, qat’iy belgilangan miqdorda o‘rnatilgan aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda, - deydi, Parkent tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ravshan Ro‘ziboyev. Soliq stavkalari 15 foizga, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun esa 30 foizga indeksatsiya qilinishini hisobga olgan holda Soliq kodeksida belgilanmoqda.

Bunda, soliq stavkalari kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliqlarni o‘stirish shu jumladan, dehqon xo‘jaliklari uchun yagona soliq stavkasi 1 kub metr uchun 40 so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Muxtasar aytganda, qonunda soliq majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha tegishli huquqiy munosabatlarning aniq qilib belgilanishi, iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parkentda o‘tkazilgan seminarda 2021 yil soliq siyosatida bo‘ladigan o‘zgarishlar muhokama qilindi