11:00 / 21.01.2021
2 291

Antikoronavirus xususiyatga ega ichimlik

Antikoronavirus xususiyatga ega ichimlik
Foto: «Zen.yandex.ru»
Qora choy odam so‘lagida SARS-CoV-2ni faolsizlantiradi. Kioto tibbiyot universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Choy barglarini qayta ishlashda biologik faol birikmalar hosil bo‘lishi qayd etilgan. Ular choy turiga qarab farqlanadi. Olimlar epigallokatexin gallati, teaflavin-3,3'-digallat va azinensin A koronavirusni «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligini aniqladilar.

Tajribalar chog‘ida mutaxassislar COVID-19 bilan og‘riyotgan besh nafar ko‘ngillining so‘laklaridan namuna olishib, probirkada ko‘k va qora choy bilan aralashtirishdi. O‘zgarishlarni nazorat qilish uchun distillangan suv ishlatilgan. Uni ham kasallangan odamning so‘lagi solingan idishga qo‘shishdi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choydan farqli o‘laroq qora choy distillangan suv bilan taqqoslaganda virus titri aniqlanmaydigan darajaga tushishiga yordam bergan.

Shu bilan birga, olimlar ushbu samara qisqa muddatli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar.

«Choyning antivirus ta’siri virus yana so‘lakda to‘planib, boshqalarga yuqtirish darajasiga yetgunga qadar qancha vaqt davom etishini aniqlash muhim ahamiyatga ega», — deyiladi tadqiqotda.

Agar ta’siri bir necha soat davom etsa, COVID-19 bilan kasallanish xavfini kamaytirish uchun choydan ichimlik yoki og‘izni chayish uchun foydalanish tavsiya etilishi mumkin, deydi olimlar. Ular tadqiqot o‘tkazib, ichimlikning koronavirusga qarshi ta’sirini sinab ko‘rishga chaqirmoqdalar.

Koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon dunyoda qariyb 97 million kishi virusni yuqtirib oldi. 2 milliondan ortiq bemor vafot etdi. Kasallanganlarning va vafot etganlarning aksariyati AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Antikoronavirus xususiyatga ega ichimlik