13:00 / 27.01.2021
1 899

DXX firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi

DXX firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining sobiq xodimi Andijon tumanida joylashgan sanoat hududidan 30 sotix yer maydoni olib berish va kadastr idoralaridagi tanishlari orqali tegishli qarorni chiqartirib berishini aytib, mahalliy tadbirkordan 15 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan puldan 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun 2020 yil jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan unga 2 yil 2 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Respublikamiz viloyatlaridagi aholi xonadonlariga gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi MCHJlardan birining ish yurituvchisi, Jizax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro mazkur viloyatdagi o‘ziga tanish bo‘lgan qurilish firmalaridan birining rahbarini ishonchiga kiradi.

Unga Toshkent shahridagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya) va 2000 dona gaz hisoblagich uskunalari olishida yordam berishini aytib, xizmati evaziga 4500 AQSH dollari talab qiladi.

DXX Jizzax viloyati Boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgar shaxs so‘ralgan puldan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

1974 yil Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan, ayni paytda Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol Samarqand viloyatidagi manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni sud idoralaridagi tanishlari orqali oqlab, ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan puldan 4 ming dollarini mahkumning tanishidan olgan vaqtida ushlandi.

Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Navoiy shahrida yashovchi shaxsning ishonchiga kirib, 1.5 ming AQSH dollari evaziga tanishlari orqali uni “Qizilqumsement” AJga ishga kiritib qo‘yishini aytadi.

DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX firibgarlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi