Respublikamiz bojxonachilari tomonidan dori vositalari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash muntazam davom ettirilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A.ga tegishli dorixonada muqaddam xorijdan olib kelingan, ammo bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini aholiga sotib kelayotgani fosh bo‘ldi.
Ayniqsa, noqonuniy savdoda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining borligi ham kishini yanada tashvishga soladi.
Shunday qilib, o‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir natijasida noqonuniy dorixona faoliyatiga chek qo‘yilib, jami 50 000 000 so‘mlik
422 dona kuchli ta’sir qiluvchi va 611 quti 86 nomdagi boshqa dori vositalari huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?