23:50 / 02.02.2021
2 557

Allamjonov TIV xodimi tegajog‘lik qilgan chet ellik jurnalist ayol voqeasiga munosabat bildirdi

Allamjonov TIV xodimi tegajog‘lik qilgan chet ellik jurnalist ayol voqeasiga munosabat bildirdi
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimi xalqaro mustaqil jurnalist Agneshka Pikuliska-Vilchevskaga tegajog‘lik qilgani to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Xorijiy jurnalist Agneshka Pikulichkaning shikoyati bizda juda jiddiy xavotir uyg‘otdi va albatta, bu holatga aniqlik kiritgan holda uni sinchkovlik bilan o‘rganish kerak deb hisoblaymiz. Biz Agneshka bilan ertagayoq ko‘rishgan holda vaziyatni muhokama qilishga tayyormiz», — deb yozadi Allamjonov.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, Agneshka Pikuliska-Vilchevska o‘z Twitter akkauntida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya berishni rad etganini ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, bunga sabab «uning akkreditatsiya qilingan OAVdan boshqa OAV uchun ham ishlashi bo‘lgan». TIV akkreditatsiya bo‘yicha javobni qonun bo‘yicha 2 oyda emas, balki 6 oyda bergan.

Bundan tashqari, jurnalist 2020 yil akkreditatsiya olganidan so‘ng Tashqi ishlar vazirligidan biriktirilgan «Rustam» ismli xodim unga tegajog‘lik qilib, uni o‘pmoqchi bo‘lganligini aytmoqda. «U rad javobini olgach ham, mendan uchrashishni so‘rab yozaverdi», — deydi jurnalist.

TIV xodimi unga yozishda davom etgan. «Bir necha kundan keyin men ishdan boshqa hech qanday aloqaga qiziqmasligimni aytdim. Uning javobi: «‘Nega? Yigiting bormi?’ Men xushmuomala bo‘lishim kerak edi, oxir-oqibat men akkreditatsiyani 11 oy kutgan edim», — deydi u.

Agneshka Pikuliska-Vilchevska unga bosim bo‘lganligi haqida ham yozgan. TIV xodimi undan karantin haqida ijobiy maqola yozishni so‘ragan, chunki «salbiy yangiliklar ko‘payib ketgan». Jurnalist bunday maqola yozmasligini, chunki o‘sha vaqtda u O‘zbekistonda bo‘lmaganligini aytadi.

Agneshka Vilchevskaning qayd etishicha, bir necha oy davomida yopiq chegaralar sababli O‘zbekistonga kela olmagan. «Charter reyslar bor edi, lekin vazirlik menga chipta sotib olishga ruxsat bermadi (baribir, bir tomonga chipta 500 AQSH dollari edi)».

U avgust oyida TIV xodimi undan yana ijobiy maqola yozishni so‘raganini ta’kidlaydi. «Pandemiya avjiga chiqqan payt, korrupsiya bo‘yicha nizolar, O‘zbekistondagi odamlar tirik qolishga choralari yo‘q bo‘lgan davr, minglab odamlar Sardoba voqeasidan so‘ng yashash joylaridan ajralgan. Millionlab muammolar orasida qanday qilib ijobiy maqola yoza olishimni undan so‘radim?».

«Menga ob’ektiv emasligimni va jurnalist emasligimni aytishdi. Mening jahlim chiqdi va uning ustidan shikoyat yozishimni aytdim». Keyingi kun jurnalist shikoyat yozgan. Agneshka Vilchevska TIV xodimi Telegram’dagi yozishmalarni o‘chirganini, lekin unda skrinshotlar borligini aytgan. Shikoyat bo‘yicha unga hech kim javob qaytarmagan.

U yangi akkredatatsiya uchun ariza bergan va 1 fevral kuni javob olgan. «Mening arizamga rad javoblarini berishlarining rasmiy sababi faqat bahona
», — deydi u.

«O‘zbekiston hukumati xalqaro jurnalistlarning muammolar haqida yozishini xohlamaydi, ularga bunday ommaviylik kerak emas. Ular turizm va bo‘lmagan rivojlanish haqida maqolalar xohlashadi. Sizga eslatib o‘taman, men bu yerda joylashgan inglizzabon yagona jurnalistman», — deb yakunlaydi hikoyasini jurnalist.

Agneshka Pikuliska-Vilchevska Tashqi ishlar vazirligi xodimlari unga har safar maqola yozmoqchi bo‘lganida alohida akkreditatsiyaga ariza topshirishni maslahat berishganligini ham aytadi.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu holat bo‘yicha hozircha izoh bergani yo‘q.

Agneshka Pikuliska-Vilchevska — Toshkentda faoliyat yurituvchi mustaqil jurnalist. U The Diplomat, Guardian, Al Jazeera, Eurasianet va boshqa ko‘plab ingliz hamda polyak tillaridagi xalqaro nashrlar uchun maqolalar yozadi. U Ayol jurnalistlar Koalitsiyasining a’zosi. Bundan tashqari, u Toshkentdagi Vebster universitetida ham dars bergan.

Hozirda uning maqolalari asosan Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va o‘zbek jamiyatining o‘tish davrida duch kelayotgan sinovlari haqida. Bundan tashqari, u Afg‘oniston haqidagi voqealarni ham yoritib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov TIV xodimi tegajog‘lik qilgan chet ellik jurnalist ayol voqeasiga munosabat bildirdi