1 775
DXX onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladigan 420 mln. so‘mlik dori vositalarini fosh etdi
DXX Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida kuzatuvga olingan yuk avtomashinasi Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga kirib kelgan vaqtida to‘xtatib tekshirildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan katta miqdordagi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 20 turdagi 5 ming donadan ortiq dori vositalarining umumiy qiymati qariyb 420 mln. so‘mni tashkil qiladi.
Ta’kidlash lozimki, noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan ushbu dori vositalari Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyati onkologik va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi