10:50 / 10.02.2021
1 891

1 martdan o‘zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig‘im undiriladi

1 martdan o‘zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig‘im undiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.

Mazkur Farmonga binoan, 2021 yil 1 martdan boshlab:

O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig‘im undiriladi.

Bunda, turistik (mehmonxona) yig‘im ichki turizmni targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, turizm mavsumi past bo‘lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu farmon bilan ba’zi davlatlar fuqarolari uchun viza bekor qilingani xabari berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda asosiy bayramlarda kamida uch kun dam olish kuni belgilanishi, «oilaviy sayohat ta’tili» tizimi joriy qilinishi ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 martdan o‘zbekistonliklardan ichki sayohat paytida turistik yig‘im undiriladi