date

«Umra plyus O'zbekiston» loyihasi Istambulda taqdim etildi

«Umra plyus O'zbekiston» loyihasi Istambulda taqdim etildi

Turkiyaning Istambul shahrida 16 aprel kuni "Umra plyus O'zbekiston" loyihasi taqdim etildi. Tadbir O'zbekiston Turizm qo'mitasi, Turk davlatlari tashkiloti va Turkiyaning sayyohlik agentliklari birlashmasi hamkorligida tashkil qilindi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Taqdimotda Turkiyaning 50 dan ortiq yetakchi turistik agentliklari vakillari ishtirok etdi. Loyiha doirasida umra ibodatini bajarish uchun kelgan ziyoratchilarni O'zbekistonning muqaddas qadamjolari, tarixiy obidalari va zamonaviy infratuzilmasi bilan tanishtirish ko'zda tutilgan.

Ishtirokchilarga Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasi haqida video materiallar namoyish etildi. Ushbu obektlar mamlakatning ilmiy-ma'rifiy merosini aks ettiruvchi muhim markazlar sifatida taqdim etildi.

Tadbir yakunida Turkiya bozoridan O'zbekistonga ziyoratchilar oqimini oshirish va yangi turistik yo'nalishlarni ishga tushirish bo'yicha memorandum imzolandi. Hujjat joriy yil yakuniga qadar turistlar sonini ko'paytirishni nazarda tutadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Umra plyus O'zbekiston» loyihasi Istambulda taqdim etildi