Joriy yilning 10 fevral kuni Qirg‘iz Respublikasi Joqoru Keneshi (Parlament) deputati N.Nikitenko boshchiligidagi - Parlament a’zolari, Prezident apparati va boshqa mas’ul idora xodimlaridan iborat delegatsiya delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif maqsadi – O‘zbekiston Respublikasining majburiy ijro sohasiga doir tajribani o‘rganish, shuningdek aliment undirish masalalarini tartibga solishda huquqiy va ilg‘or mexanizmlarni qo‘llash hamda amaliyotga tatbiq etish masalalariga qaratildi.
Ta’kidlash joizki, bu ikki mamlakatlarning tarixiy uzviy bog‘liqligini hamda o‘zaro iqtisodiy-siyosiy va huquqiy munosabatlarni yanada rivojlan-tirishda ikki tomonlama manfaatlariga javob beradigan hamkorlik aloqalarining amaliy tasdig‘idir.
Tashrif doirasida, Bosh prokuraturada Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbarlari va mas’ul xodimlari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutuvchi, ma’lumot va tajriba almashish, hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek sud qarorlarining majburiy ijro qilish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.
Aytish joizki, Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasini Byuro organlari tomonidan alimentga doir ijro ishlari bo‘yicha ijrosi va nazorat tizimining elektron platformasining joriy etilayotganligi katta qiziqish o‘yg‘otdi.
Bu amaliyotga ko‘ra, joriy yilning mart oyidan boshlab, Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi, aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisob-varag‘i bilan integratsiya qilinadi. Bunday amaliyot alimentlarning undiruvchilarga o‘z vaqtida tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, alimentlarni yetkazishdagi pochta xarajatlari tejaladi, ya’ni, undiruvchi aliment pulini hech qanday chegirmalarsiz to‘liq oladi. Eng muhimi, almentlarning oyma-oy, so‘zsiz to‘lab borilishini onlayn nazorat qilish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?