date
views 1 757

Farg‘onada «Yermulkkadastr» DK sobiq xodimi 8 ming dollar bilan ushlandi

Farg‘onada «Yermulkkadastr» DK sobiq xodimi 8 ming dollar bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda «Yermulkkadastr» DK Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi V.N. fuqaro M.B.ning ishonchiga kirib, unga tuman kadastr bo‘limida ishlashini aytgan, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish uchun tuman hududidan 8 gektar yer maydoni ajratish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada «Yermulkkadastr» DK sobiq xodimi 8 ming dollar bilan ushlandi