22:48 / 16.02.2021
1 546

722,2 million so‘mlik nayrang ish bermadi

722,2 million so‘mlik nayrang ish bermadi
Bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro M.A. boshqaruvidagi “MERCEDES BENZ 930.21” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxona va saloni yotoq qismi tagida yashirilgan, yo‘l-yuk hujjatlarida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki savol-javobda ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 722 295 000 so‘mlik 86 turdan iborat bo‘lgan tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 722,2 million so‘mlik nayrang ish bermadi